Oq uy Kubaga nisbatan ehtimoliy harbiy harakatlar ssenariylarini o‘rganayotgani haqida xabar berildi. Bu haqda Politico manbalariga tayanib ma’lum qilingan.
Manbalarga ko‘ra, muhokamada “kinetik kuch” — ya’ni harbiy choralardan foydalanish variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Biroq hozircha asosiy ustuvor yo‘nalish diplomatik bosim bo‘lib qolmoqda.
Xususan, Kuba hukumatiga nisbatan iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirish, shu jumladan iqtisodiy tizimni o‘zgartirish bo‘yicha bosim o‘tkazishga e’tibor qaratilmoqda.
Rasmiy Vashington hozircha harbiy aralashuv bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaganini ta’kidlamoqda, vaziyat esa diplomatiya va strategik bosim o‘rtasidagi muvozanat holatida qolmoqda.