Oq uyning bildirishicha, Isroil bugundan boshlab G‘azo sektori shimolida mahalliy aholiga xavfli hududlarni tark etishiga ruxsat berish uchun har kuni to‘rt soatlik gumanitar tanaffuslarni amalga oshirishni boshlaydi.
Xabar qilinishicha, Isroil rasmiylari Vashingtonni ushbu tanaffuslar vaqtida G‘azoda Isroil harbiy operasiya o‘tkazilmasligiga ishontirgan.
Oq uy bu qarorni to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam deya baholadi.