Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Oq uy Ar-Riyodga hujum qurollarini sotishga qo‘ygan taqiqini bekor qildi

A A A
Oq uy Ar-Riyodga hujum qurollarini sotishga qo‘ygan taqiqini bekor qildi

Oq uy AQShning Saudiya Arabistoniga oxirgi uch yil davomida amalda bo‘lgan hujum qurollarini sotishga qo‘ygan taqiqini bekor qildi. Bu haqda Reuters AQSh Davlat departamenti vakili bayonotiga tayanib xabar berdi.

«Biz qurol-yarog‘larni uzatish bo‘yicha odatiy siyosatimizga mos keladigan har bir holatda yangi transferlarni ko‘rib chiqamiz», dedi rasmiy.

Reuters manbalariga ko‘ra, prezident Jo Bayden ma’muriyati joriy hafta boshida Kongressni taqiqni bekor qilish qarori haqida xabardor qilgan. Suhbatdoshlardan biri Ar-Riyodga hujum qurollarini sotish kelasi haftadayoq tiklanishi mumkinligini inkor etmadi.

Kiritildi: 21:57 10.08.2024. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!