AQSh rejasining Ukraina masalasini hal qilish bo‘yicha aksariyat bandlari kelishilgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt ma’lum qilib, endi so‘z Moskvada ekanini ta’kidladi.
"Oxir-oqibat, aksariyat bandlar kelishib olindi," - deya Levittning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, munozaralar davom etayotgan faqat "bir-ikkita" band qolgan. Rejani shakllantirishda Vashington ham Rossiya, ham Ukrainaning hissasini hisobga oldi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev vakillari formulirovkalar ustida ishlagan, endi taklifni Moskvada kelishish kerak.