Memlarga 2025 yil 28 fevral kuni Oq uyning Oval kabinetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi surat asos bo‘lgan. O‘shanda prezident Tramp va vise-prezident Vens Ukraina yetakchisi Zelenskiyni tanqid qilgan, Rubio esa divanda jim o‘tirgan edi.
O‘shandan beri ijtimoiy tarmoqlarda AQSh davlat kotibining turli obrazlardagi memlari tarqala boshlagandi.