Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining (MXK) strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda Qo‘shma Shtatlar zarurat tug‘ilganda Afg‘onistonda aksilterror amaliyotlarini o‘tkazish huquqiga ega ekanligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru.
Kirbining aytishicha, hozirda Afg‘onistonda oz sonli Al-Qoida faollari bor.
“Afg‘onistonda hali ham “Al-Qoida” jangarilari borligini bilamiz. Bu raqam unchalik katta emasligini aytgan bo‘lardim”, — dedi u.
Oq uy matbuot kotibining ta’kidlashicha, agar AQSh “Al-Qoida” yoki boshqa terrorchilik tashkiloti tahdidini sezsa, AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi operasiya bo‘yicha qaror qabul qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.