Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Opta superkompyuteri pley-off oldidan KO‘JCh g‘olibligi asosiy da’vogarlarni e’lon qildi

Opta superkompyuteri pley-off oldidan KO‘JCh g‘olibligi asosiy da’vogarlarni e’lon qildi

Opta tahliliy portaliga tegishli superkompyuter guruh bosqichidan so‘ng klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida jamoalarning g‘alaba qozonish ehtimolini baholadi. Eng asosiy da’vogar sifatida “PSJ” ko‘rsatildi — fransuzlar g‘alaba qozonishi ehtimoli 20,6% deb baholandi.

Pley-off oldidan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba uchun asosiy 10 da’vogar:

1. “PSJ” — 20,6%

2. “Manchester Siti” — 20,4%

3. “Inter” — 12,4%

4. “Bavariya” — 11,3%

5. “Chelsi” — 10,4%

6. “Real” Madrid — 9,7%

7. “Borussiya” Dortmund — 5,6%

8. “Benfika” — 4,2%

9. “Yuventus” — 2,5%

10. “Palmeyras” — 0,9%

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichi shanba, 28 iyun kuni start oladi va 2 iyulga qadar davom etadi. Musobaqaning final uchrashuvi 13 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:51 27.06.2025. O'qildi: 1061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!