Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Opta: Rahmonaliyev jamoasiga Chempionlar ligasida eng og‘ir qur’a tushdi

Opta: Rahmonaliyev jamoasiga Chempionlar ligasida eng og‘ir qur’a tushdi

«Sabah» Chempionlar ligasi umumiy bosqichida eng qiyin taqvimlardan biriga ega bo‘ldi. Ozarbayjon klubi raqiblarining Opta reytingi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichi eng yuqorilardan biri hisoblanadi.

«Sabah» umumiy bosqichda «Barselona», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Borussiya», «Napoli», «Vilyarreal», «Slaviya» va «Viking»ga qarshi maydonga tushadi.

Top-klublar orasida eng qiyin taqvim «Manchester Siti»ga to‘g‘ri kelgan. Uning raqiblari o‘rtacha 91,7 reytingga ega. Angliya klubi, jumladan, «Barselona», «PSJ» va «Napoli» bilan o‘ynaydi.

Eng yengil taqvim esa «Shtutgart»ga nasib etgan — uning raqiblari o‘rtacha 88,9 reytingga ega. Birinchi savatchadagi jamoalar orasida eng qulay qur’a «Inter»ga tushgan — 89,5.

«Liverpul» esa 36 ishtirokchi orasida yengilligi bo‘yicha to‘qqizinchi taqvimga ega bo‘ldi. Mersisaydliklar raqiblarining o‘rtacha reytingi 90,0 ni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:41 28.08.2026. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!