Moskvadagi Bloxin nomidagi Onkologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi mutaxassislari teri saratoni bilan kasallangan bemorning tanasining yarmini olib tashlash bo‘yicha operasiya o‘tkazdi.
Jarrohlar uchun kamdan-kam uchraydigan amaliyot — xemikorporektomiya yoki tananing yarmini olib tashlash operasiyasini qo‘llashdan o‘zga chora qolmadi. Bemor hayotini saqlab qolishning yagona yo‘li shu edi.
Smolensk viloyatining Vyazma shahrida yashovchi 43 yoshli bemor baxtsiz hodisada olgan jarohati tufayli 25 yil davomida falaj bo‘lgib, nogironlar aravachasiga mixlangan. 2024 yilda teri saratoniga ham chalingan.
Operasiya Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh onkologi, akademik Ivan Stilidi nazorati ostida o‘tkazilgan va 12 soat davom etdi.
Dardingiz, muammoingiz bo‘lsa, o‘ksinmang! Kimdir nafas olayotganiga xursand...