Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

OpenAI Chromeni sotib olishga qiziqmoqda

OpenAI Chromeni sotib olishga qiziqmoqda

ChatGPT dasturchisi OpenAI Google Chrome brauzerini sotib olishga qiziqmoqda.

Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

"Ha, boshqalar kabi biz ham manfaatdor bo‘lar edik", dedi OpenAIdagi ChatGPT uchun mas’ul Nik Tarli.

Tarlining ta’kidlashicha, ChatGPT hozirda Chrome uchun kengaytma sifatida mavjud, biroq agar OpenAI Google brauzerini xarid qilsa, chatbot Chrome brauzeriga chuqurroq integrasiya qilinishi mumkin.

Avvalroq AQSh Adliya vazirligi Googledan brauzer egaligidan voz kechish va boshqa kompaniyalar bilan o‘z mahsulotlarida texnologik gigant qidiruv tizimidan foydalanish bo‘yicha shartnomalar tuzishni taqiqlashni talab qilib, sudga murojaat qilgan edi. AQSh hukumati Googleni monopoliya maqomidan mahrum qilmoqchi, bu esa potensial raqobatchilarning "internet qidiruvining katta qismini nazorat qilishiga" to‘sqinlik qilmoqda.

Kiritildi: 08:58 25.04.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!