Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

OPEK+ guruhiga kiruvchi 8 ta davlat sentyabr oyida neft qazib olishni oshirmoqchi

OPEK+ guruhiga kiruvchi 8 ta davlat sentyabr oyida neft qazib olishni oshirmoqchi

OPEK+ guruhiga kiruvchi 8 ta davlat sentyabr oyida neft qazib olishni sutkasiga 548 ming barrelga oshirishga kelishib oldi.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, bunday qaror “jahon iqtisodiyoti istiqbollarining barqarorligi va hozirgi ijobiy bozor sharoitlari, jumladan, neft zaxiralarining past darajada ekanini hisobga olgan holda” qabul qilingan.

OPEK saytida e’lon qilingan jadvalga ko‘ra, Rossiya sutkasiga 9,449 million, Saudiya Arabistoni — 9,978 million, Iroq — 4,220 million, BAA — 3,375 million, Quvayt — 2,548 million, Qozog‘iston — 1,550 million, Jazoir — 959 ming va Ummon — 801 ming barrelgacha neft qazib olishi mumkin.

Bloomberg'ning yozishicha, bu qaror ixtiyoriy cheklovlardan chiqishni dastlabki rejalashtirilgan muddatdan bir yil oldin yakunlash imkonini beradi (ya’ni sutkasiga 2,2 million barrel hajmidagi cheklovlar).

Financial Times esa tahlilchilar hozirgi yozgi talabga qaramay, qishda xom neftning ortiqcha bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirayotganini qayd etdi.

Kiritildi: 23:25 03.08.2025. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!