OPEK+ bozordagi ortiqcha taklif sababli yanvar–mart oylarida neft qazib olish hajmini oshirishni to‘xtatadi — Bloomberg.
Agentlik manbalariga ko‘ra, dekabr oyida oldindan kelishilganiday, neft qazib olishni kichik hajmda oshirish kutilmoqda
"Rossiyaga qarshi sanksiyalar narxlarning besh oylik minimumdan so‘ng biroz tiklanishiga yordam bergan bo‘lsa-da, delegatlardan biri OPEK+ hali bu choralarning bozorga umumiy ta’sirini baholash uchun erta ekanini aytgan", deya yozmoqda Bloomberg.
Brent markali neft fyucherslari yil boshidan buyon qariyb 13 foizga arzonlashib, juma kuni bir barrel uchun 65 dollardan pastga tushdi.