Yangi tartibga ko‘ra, agar fuqaro surishtiruv yoki sud qarori bilan jabrlanuvchi deb topilsa, uning nomiga frod orqali rasmiylashtirilgan onlayn kredit bo‘yicha hisob-kitoblar to‘xtatiladi.
Etkazilgan zarar esa kredit tashkiloti tomonidan firibgardan undiriladi. Agar frod tasdiqlanmasa, kreditni undirish davom ettiriladi.