Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida 14 iyuldan boshlab, sud-huquq masalalari bo‘yicha galdagi uch kunlik ommaviy qabullar boshlangan.
Bugun, 15 iyul sanasidagi ommaviy qabul Uchtepa tumanidagi “Jurjoniy” MFY hududida davom ettirilib, unda Uchtepa, Chilonzor, Olmazor, Shayxontohur tumanlari aholisining murojaatlari qabul qilindi.
Sayyor qabulda Oliy sud raisi o‘rinbosari Baxtiyor Isakov, Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosarlari Akbarali Turabov, Maqsudbek Saidov, Shuhrat Abbasov va Sudyalar Oliy kengashi sudyalari, Oliy sud hamda Toshkent shahar sudining fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha, ma’muriy, iqtisodiy sudlarning raislari, sudyalari jami 115 nafar fuqaroning murojaatlarini qabul qilishdi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.
Sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlarning 57 nafari jinoyat ishlari, 16 nafari ma’muriy huquqbuzarlik ishlar, 37 nafari esa fuqarolik ishlari va 5 nafari iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha murojaatlar quyidagicha ijobiy hal etildi:
Eslatib o‘tamiz, ommaviy qabulning so‘nggi kuni – ertaga 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Central Park” (sobiq “Telman” bog‘i)da bo‘lib o‘tadi. Unda Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod tumanlari aholisining murojaatlari o‘rganiladi.