Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Polsha Netanyahuni qamash bo‘yicha bir qarorga keldi

Polsha Netanyahuni qamash bo‘yicha bir qarorga keldi

Polsha hukumati Xalqaro jinoiy sud (XJS) buyrug‘iga qaramay, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Osvensim konslageri ozod etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlarida qatnashishga ruxsat berdi.

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qilgan.

"Polsha Respublikasi hukumati Isroil davlatining yuqori martabali vakillari uchun Osvensim-Birkenau konslageri ozod etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda erkin va xavfsiz kirishni va ishtirok etishini ta’minlashini e’lon qiladi", - deya iqtibos keltiradi u. Tusk Polsha adliya va tashqi ishlar vazirlarining qaroriga suyanmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxuning Polshaga tashrifi “nozik masala”dir. Varshava yuqori martabali mehmonlar xavfsizligini kafolatlashga majbur, biroq u Isroil bosh vazirini hibsga olish uchun order bergan XJS a’zosi, deya tushuntirdi Donald Tusk. Biroq, Polsha prezidenti Anjey Dudaning tegishli iltimosi va hukumat ichidagi muhokamalar natijasida Netanyaxuga ushbu muhim tadbirlarda ishtirok etishga ruxsat berishga qaror qilindi.

Kiritildi: Bugun 00:54. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!