Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Ukrainaning davlat qarzi uning yalpi ichki mahsulotiga deyarli teng

Ukrainaning davlat qarzi uning yalpi ichki mahsulotiga deyarli teng

Ukrainaning davlat qarzi 2024-yilda yalpi ichki mahsulotining (YAIM) 92 foiziga yetdi va 7 trillion grivnani (165,1 milliard dollar) tashkil etdi. Bu hisob-kitoblarni Forbes’ning Ukraina bo‘limi amalga oshirdi.

Ukraina davlat qarzining 96 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat qarzidan, yana 4 foizi davlat tomonidan kafolatlangan qarzdan. Shu bilan birga, 2023 yilda Ukrainaning davlat qarzi 5,5 trillion grivnani (129,7 milliard dollar) yoki YAIMning 84 foizini tashkil qildi. Mamlakat davlat qarzining o‘sishiga ichki (rezidentlardan), shuningdek, tashqi (xorijiy kreditorlardan) qarzlar hajmining sezilarli darajada oshishi sabab bo‘lgan. Grivna kursining boshqa valyutalarga nisbatan zaiflashishi ham Ukraina davlat qarzining o‘sishi fakti sifatida tilga olingan.

2021 yilda Ukrainaning davlat qarzi YAIMning atigi 49 foizini tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2023 yilda Rossiya Federasiyasining davlat qarzi YAIMning 15 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, Rossiya Federasiyasining yalpi ichki mahsulotga nisbatan tashqi qarzi darajasi 1999 yilda rekord darajadagi 91 foizga yetdi. AQShda davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati taxminan 129% ni tashkil etadi, Yaponiyada esa davlat qarzi yalpi ichki mahsulotdan 2,5 martadan ortiqroqdir.

Kiritildi: Bugun 04:02. O'qildi: 1271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!