Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

«Omikron» shtammiga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib Buyuk Britaniya tasdiqladi

«Omikron» shtammiga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib Buyuk Britaniya tasdiqladi

Buyuk Britaniya birinchi bo‘lib Moderna kompaniyasining COVID-19ning «Omikron» variantiga moslashtirilgan vaksinasini buster-doza sifatida qo‘llashga ruxsat berdi.

Qayd etilishicha, ushbu preparat ham «koronavirusning 2020 yilgi asl shtammi»ga, ham «Omikron» shtammi va uning BA.4 va BA.5 subliniyalariga qarshi kurashishga qodir.

Vaksina 18 va undan katta yoshdagi odamlarda qo‘llash uchun tasdiqlangan.

Biroq, Buyuk Britaniya birinchi navbatda keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarni revaksinasiya qilish dasturini boshlashni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 22:09 15.08.2022. O'qildi: 2321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!