Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Olx .uz"da yana bir firibgarlik holati. Sirdaryolik fuqaro «Kadirova Zarina»ga chuv tushdi

A A A
"Olx .uz"da yana bir firibgarlik holati. Sirdaryolik fuqaro «Kadirova Zarina»ga chuv tushdi

Sirdaryo viloyati Guliston shahar IIBga fuqaro D.J. ariza bilan murojaat qilib, internet tarmog‘iga kirib, "Olx .uz” e’lonlar sayti orqali «Kadirova Zarina» ismli shaxs bilan gaplashib, u bilan kondisioner sotib olishga kelishganligini, kelishuvga ko‘ra unga oldindan 345.000 so‘m miqdordagi pullarni bank kartasiga o‘tkazib berganligi, biroq «Z.Kadirova» ismli shaxs boshlang‘ich to‘lovni olganidan so‘ng telefon apparatini va ijtimoiy tarmoq orqali yozishmalarni o‘chirib tashlaganligini, kelishuvga ko‘ra, kondisionerni yetkazib bermaganligini ma’lum qilib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, mazkur jinoyatni fuqaro Z.K. sodir etganligi aniqlangan.

Z.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Kiritildi: 12:03 09.02.2023. O'qildi: 2586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!