Oltin va kumush narxi rekord darajada oshdi — “Kommersant”.
Xabar berilishicha, 12 yanvar kuni Nyu-Yorkdagi Comex qimmatbaho metallar birjasida oltinning narxi bir unsiyasi (31,1 gramm) uchun $4612,7 ga yetib, yangi rekordni qayd etdi. Kumushning mart oyi fyuchersi narxi ham tarixiy maksimumni yangilab, unsiyasi $84,5 dan oshdi. Bundan tashqari, platina narxi 4,6 foizga oshib, $2389,5 ga yetdi.
Mutaxassislarning fikricha, qimmatbaho metallar narxining oshishiga AQShda Federal zahira tizimi raisi Jerom Pauellga nisbatan tergov boshlanishi, Erondagi namoyishlar, shuningdek, prezident Donald Trampning Eron, Kuba va Grenlandiya bo‘yicha keskin bayonotlari ta’sir qilgan.