Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

“Oltin to‘p” sovrini uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

“Oltin to‘p” sovrini uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Futbol olamidagi eng nufuzli sovrinlardan biri — “Oltin to‘p” uchun kurash davom etmoqda. Goal nashri 2026-yilgi sovrin uchun da’vogarlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan Angliya terma jamoasi hamda “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn joy oldi. Ikkinchi o‘rinni “Bavariya”ning boshqa bir futbolchisi — Maykl Olise egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Real” forvardi Kilian Mbappe band etgan. “Barselona” vingeri Lamin Yamal esa to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Reytingning kuchli o‘nligi bilan tanishing:

1. Harri Keyn (“Bavariya”) — 55 gol, 6 assist.
2. Maykl Olise (“Bavariya”) — 19 gol, 31 assist.
3. Kilian Mbappe (“Real Madrid”) — 46 gol, 9 assist.
4. Lamin Yamal (“Barselona”) — 24 gol, 20 assist.
5. Luis Dias (“Bavariya”) — 26 gol, 20 assist.
6. Erling Holand (“Manchester Siti”) — 46 gol, 9 assist.
7. Usmon Dembele (“PSJ”) — 16 gol, 9 assist (Amaldagi g‘olib).
8. Xulian Alvares (“Atletiko Madrid”) — 19 gol, 10 assist.
9. Vitinya (“PSJ”) — 7 gol, 10 assist.
10. Deklan Rays (“Arsenal”) — 6 gol, 13 assist.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi hamda portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu hamon da’vogarlar qatoridan joy olgan. “Inter Mayami” sardori “Oltin to‘p” uchun kurashda 15-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “An-Nassr” bilan Saudiya chempioni bo‘lishga yaqin turgan Ronaldu 17-pog‘onani band etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi “Oltin to‘p” poygasida kim g‘olib chiqishi Jahon chempionatidan so‘ng aniq bo‘ladi. Mundialda bosh sovringa qaysi futbolchi ega chiqsa, uning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:18. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!