Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Oltin to‘p-2026» uchun 30 nafar nomzod e’lon qilindi

«Oltin to‘p-2026» uchun 30 nafar nomzod e’lon qilindi

Jahon futbolidagi eng nufuzli individual mukofot — 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzodning nomi ma’lum bo‘ldi. Nomzodlar ro‘yxati mukofot ta’sischisi bo‘lgan France Football jurnali tomonidan o‘tkazilgan marosimda e’lon qilindi.

2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun nomzodlar:

  1. Jud Bellingem — «Real» Madrid
  2. Pau Kubarsi — «Barselona»
  3. Mark Kukurelya — «Real» Madrid
  4. Usmon Dembele — «PSJ»
  5. Luis Dias — «Bavariya»
  6. Brunu Fernandesh — «Manchester Yunayted»
  7. Erling Xoland — «Manchester Siti»
  8. Gabriel Magalyayns — «Arsenal»
  9. Xarri Keyn — «Bavariya»
  10. Ashraf Hakimiy — «PSJ»
  11. Lamin Yamal — «Barselona»
  12. Xvicha Kvarasxeliya — «PSJ»
  13. Markinyos — «PSJ»
  14. Sadio Mane — «Al-Nasr»
  15. Lautaro Martines — «Inter»
  16. Kilian Mbappe — «Real» Madrid
  17. Nuno Mendesh — «PSJ»
  18. Lionel Messi — «Inter Mayami»
  19. Maykl Olise — «Bavariya»
  20. Joau Nevesh — «PSJ»
  21. Uilyam Pacho — «PSJ»
  22. Xulian Kinyones — «Al-Qodisiya»
  23. Deklan Rays — «Arsenal»
  24. Rodri — «Barselona»
  25. Fabian Ruis — «PSJ»
  26. Ferran Torres — «PSJ»
  27. Uilyam Saliba — «Arsenal»
  28. Dayo Upamekano — «Bavariya»
  29. Vinisius Junior — «Real» Madrid
  30. Vitinya — «PSJ»

2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tadbir Londonda o‘tkaziladi. Marosim tarixdagi yubiley — 70-marotaba tashkil etiladigan «Oltin to‘p» taqdimoti bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, g‘olib FIFA reytingidagi kuchli 100 talikka kiruvchi mamlakatlardan 100 nafar jurnalist ishtirokidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

«Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi — «Pari Sen-Jermen» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele.

Kiritildi: 22:06 08.09.2026. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!