Oltin narxi o‘sishda davom etmoqda. Qimmatbaho metal narxi chorshanba kungi savdolarda o‘z rekordini yangiladi va unsiya uchun 2800 dollardan oshdi.
Oltin narxining ko‘tarilishi AQShdagi prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq noaniqlik sharoitida eng ishonchli aktivlarga talabning umumiy ortishi bilan bog‘liq, deydi Avstraliya Hamdo‘stlik banki (CBA) tahlilchisi Vivek Dxar.
Donald Trampning AQSh prezidentligiga qaytishi ehtimoli ortib borayotgani xavfsiz aktivlarga bo‘lgan talabni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki uning saylovdagi g‘alabasi Vashington siyosatining o‘zgarishiga, geosiyosiy taranglikning kuchayishiga va mamlakatning qarz yukining ortishiga olib kelishi mumkin, deyiladi Markaziy bank sharhida.
Bank ekspertlari 2024 yilning to‘rtinchi choragida oltinning o‘rtacha narxi unsiya uchun 2800 dollar, 2025 yilning to‘rtinchi choragida 3000 dollarni tashkil etishini kutmoqda.
Qimmatbaho metal iste’moli o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 foizga oshib, birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi.