Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 3300 dollardan oshdi

A A A
Oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 3300 dollardan oshdi

Comex fyuchers tovar birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyi uchun oltin fyuchersi narxi tarixiy rekordni yangilab, 3300 dollarlik chegaradan oshgan. Toshkent vaqti bilan 10:18 da oltin narxi 1,97 foizga oshib, bir troya unsiyasi (taxminan 31,1 gramm) uchun 3 304,20 dollarni tashkil etdi.

“RBK”ning xabar berishicha, oltin narxi AQSh prezidenti Donald Tramp qayta ishlangan muhim minerallar va ularning hosilalarini import qilish milliy xavfsizlikka tahdid solishi yoki yo‘qligini aniqlash bo‘yicha tergov boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagach, yanada tezroq o‘sishni boshlagan.

Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lumotiga ko‘ra, oltin narxi 2024 yil davomida 40 marta rekord darajani yangilagan.

Kiritildi: 12:20 16.04.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!