Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Oltin narxi rekord darajaga ko‘tarildi

A A A
Oltin narxi rekord darajaga ko‘tarildi

Oltin narxi 2,3 foizga oshdi va 2013 yil apreldagi rekorddan oshib ketdi. Hozirda uning bir unsiyasi (31,1 gramm) 1588,13 dollarga yetdi. Narx ko‘tarilishiga Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashishi sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Boshqa qimmatbaho metallar narxi ham oshib ketdi. Palladiyning bir unsiyasi bahosi rekord - 2030,28 dollarga yetdi.

Kumush narxi ham maksimumni qayd etdi va bir unsiyasi 18,5081 dollarni tashkil qilmoqda.

Agentlikning yozishicha, Goldman Sachs tahlilchilari oltin narxi neft narxiga nisbatan tezroq oshishini kutishmoqda.

2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Iroqda Amerika armiyasining zarbasi oqibatida Eron generali Qosim Sulaymoniy halok bo‘lgach, AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.

Kiritildi: 06:55 07.01.2020. O'qildi: 1586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!