Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Oltin narxi oshmoqda

Oltin narxi oshmoqda

Dollar kursining pasayishi fonida oltin narxi asta-sekin ko‘tarilib bormoqda, deb xabar berdi Interfax. Qayd qilinishicha, 24 noyabr kuni Nyu-York Comex birjasida dekabr shartnomalari kotirovkalari 0,3 foizga oshgan va 1 troy unsiyasi uchun 1999,6 dollarni tashkil etgan.

Qayd qilinishicha, AQSh dollarining oltita asosiy jahon valyutalariga nisbatan qiymatini ko‘rsatuvchi DXY indeksi juma kungi savdolar chog‘ida 0,5 foizga pasaygan. Kuchsiz dollar esa boshqa valyuta egalari uchun oltinning investision jozibadorligini oshiradi.

O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri sanaladi. 2023 yilning 10 oyida O‘zbekiston 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘p.

Kiritildi: 23:52 24.11.2023. O'qildi: 2289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!