Citibank oltinning o‘sish davri yakuniga yetayotganini ta’kidlab, narxlar 3 000 dollardan pastga tushishini kutmoqda.
Oltin narxlari 2026 yilning ikkinchi yarmida bir unsiya uchun 2 500—2 700 dollar oralig‘iga qaytishi mumkin.
Bu sof oltinning 1 gr narxi hozirgi108 dollardan 80 dollargacha tushib ketishi ehtimoli borligini anglatadi.
Markaziy bankning 100 gr oltin quymalari ham 141 mln so‘mdan 105 mln so‘mgacha arzonlashi mumkin.
Oltin narxining pasayishi O‘zbekistonning zaxiralariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.