Moliyaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash borasida Majburiy ijro byurosi (MIB) o‘z faoliyatini yanada kuchaytirmoqda.
Bugungi kunda Oltiariq tumanida navbatdagi muvaffaqiyatli ijro harakati amalga oshirildi – qidiruvdagi garov mulki topildi!
Gap shundaki, qarzdorlik yuzasidan garovga qo‘yilgan bir yuk mashinasi uzoq vaqtdan beri qidiruvda bo‘lgan. MIB Oltiariq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tinimsiz tezkor qidiruv va puxta tahliliy ishlar natijasida, nihoyat, ushbu yuk mashinasining joylashgan manziliga aniqlik kiritildi.
Aniqlanishicha, garov mulki Oltiariq tumanida joylashgan ustaxonalarning birida ekan. MIB xodimlarining izchil sa’y-harakatlari tufayli topilgan yuk mashinasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun jarima maydonchasiga topshirildi.