Olmaotada noqonuniy migrantlarni, shuningdek, migrasiya qonunchiligini buzish holatlarini aniqlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar davom etmoqda, deb xabar beradi Polisia.kz.
"O‘tgan hafta davomida jami 276 nafar chet el fuqarosi ma’muriy javobgarlikka tortildi, ularning 56 nafari MDHga a’zo bo‘lmagan davlatlar fuqarolaridir. Xususan, Afrika qit’asi davlatlaridan – 45 nafar, Turkiyadan – 10 nafar va qo‘shni davlatlarning 220 nafar fuqarosi: O‘zbekistondan – 154 nafar va Tojikistondan – 19 nafar.
Qabul qilish va taqsimlash markaziga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan 95 nafar xorijlik joylashtirildi. Sud qarorlari bilan 104 nafar xorijlik Qozog‘iston Respublikasidan chiqarib yuborildi. Nigeriyadan – 44 kishi, Syerra-Leonedan – 2 kishi, Ganadan – 2 kishi, Benindan – 1 kishi, O‘zbekistondan – 41 kishi, Tojikistondan – 8 kishi”, — dedi Olmaota migrasiya xizmati boshlig‘i Asxat Butunchinov.