Tadbirkorlik sub’ektining 4.5 mlrd so‘m mablag‘lari hisobiga zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan avtoshohbekatda aholi va haydovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ona bola xonasi, tibbiyot xonasi zarur jihozlar bilan jihozlangan.
10 noyabr kuni rekonstruksiyadan chiqarilib, yangicha qiyofa kasb etgan Olmaliq shahar avtoshohbekatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda transport vazirining birinchi o‘rinbosari, shahar prokurori, viloyat transport boshqarmasi mutasaddilari, nuroniylar hamda shahar faollari ishtirok etdi.
Tadbirkorlik sub’ektining 4.5 mlrd so‘m mablag‘lari hisobiga zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan avtoshohbekatda aholi va haydovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ona bola xonasi, tibbiyot xonasi zarur jihozlar bilan jihozlangan.
Qayta rekonstruksiyadan so‘ng avtoshohbekatda kunlik 120-130 ta engil va 18-20 ta avtobusga hamda 900-1000 nafar yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.