Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Oliy ta’lim muassasalaridagi yashirin “o‘yin”lar

A A A
Oliy ta’lim muassasalaridagi yashirin “o‘yin”lar

Har bir davlat ijtimoiy sohasining taraqqiyoti ta’lim tizimining, shuning ichida oliy ta’lim tizimining mukammallashishiga bog‘likdir.

Buning uchun esa oliy ta’lim sohasida qonun buzilishi va kamchiliklarni bartaraf etish, “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish eng dolzarb muammolarning biri hisoblanadi.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining (OTM) o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha faoliyatidan tashqari quyidagi yunalishlarda ham Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi e’tibor qartaishi lozim bo‘lgan bir qator korrupsiogen holatlar kuzatilmoqda:

Oliy ta’lim muassasalari hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish to‘liq OTM rahbariyati tomonidan monopollashtirilgani, OTM xududida ovqatlanish maskanlari, kanselyariya va kompyuter xizmatlari, nashriyot, qo‘shimcha mablag‘ keltiruvchi faoliyat yuzasidan ijara pullarni shartnomada kichik miqdorda ko‘rsatish, amalda esa qolgan summani naqd holatda o‘zlashtirish jarayoni;

OTMlarni ta’mirlash va yangi binolar qurilishi uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish, ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni tender xujjatlarini soxtalashtirish, o‘ziga “qarashli” firmalar tomonidan tender yutib olinishini ta’minlash, qurilish materiallari uchun ajratilgan mablag‘larni “tanish” korxonalarga pul ko‘chirish yo‘li bilan (narxlari oshirilgan holda) sotib olish va o‘rtadagi farqni haq sifatida olish jarayoni;

OTMlarni moddiy texnik bazasini yangilash maqsadida sotib olinayotgan mahsulotlarni, OTM rahbariyatining yaqinlari va qarindosh tomonidan asos solingan korxonalardan bir necha barobar qimmat narxlarda xarid qilish, texnik xizmat ko‘rsatish belgilanganidan ko‘proq miqdorda mablag‘ ajratish;

OTM rahbarlari o‘zlariga “yaqin” professor-o‘qituvchilar va xodimlarmnomiga pulli mukofot yozib, ma’lum qismini o‘zlashtirish xolatlari;

Talabalar turar joylariga talabalarni joylashtirish hamda u yerdagi tashkiliy masalalarga talabalardan qo‘shimcha tarzda mablag‘ yig‘ish jarayoni.

Kelitirib o‘tilgan muammolar ro‘yxati bu bilan cheklanmaydi. Bu kabi tizimli muammolar deyarli har bir OTM uchrab turishi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi uchun ham yangilik emas. Lekin yillar davomida bu muammolarni bartaraf etilmaganligi OTMlarning asosiy vazifasi bo‘lgan sifatli ta’lim berishiga to‘sqinlik bermoqda.  
 
Yangi tuzilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuqoridagi kabi muammolarga ham e’tibor qaratib, ularni bartaraf etishda har bir OTM jamoasining fikrini yashirin tarzda o‘rganilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

O‘rganish natijalari ochiq holatda jamoatchilikka oshkor etilsagina bunday salbiy holatlar oldi olinardi. Zero koronavirus pandemiyasi ko‘plab sohalar kabi ta’lim tizimidagi muammolarni yaqqol namoyon etib berdi. Bu muammolarni bugun bartaraf etmasak kelajak avlod bizni kechirmaydi. 

Muhammad VALIYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Adolat SDP fraksiyasi a’zosi

Kiritildi: 15:06 29.07.2020. O'qildi: 5988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!