Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Oliy sud AQShda TikTokni taqiqlash qonunini ma’qulladi

A A A
Oliy sud AQShda TikTokni taqiqlash qonunini ma’qulladi

AQSh Oliy sudi TikTok ijtimoiy tarmog‘i Xitoyning ByteDance kompaniyasi tasarrufidan chiqarilmasa, uni mamlakatda taqiqlashga imkon beruvchi qonunni bekor qilishni rad etdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Qonun 19 yanvarda - AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp inaugurasiyasidan bir kun oldin kuchga kirishi kutilmoqda. Telekanal ta’kidlashicha, hujjat tarmog‘ni zudlik bilan to‘liq bloklashni nazarda tutmaydi.

Qonun AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan 2024 yilning bahorida qabul qilingan. Kongressmenlar TikTok milliy xavfsizlikka tahdid soladi, deb hisobladilar, chunki Xitoy hukumati ByteDance kompaniyasini amerikalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini unga berishga majbur qilishi mumkin edi. Aprel oyida hujjatni AQSh prezidenti Jo Bayden imzoladi.

TikTok vakillari foydalanuvchilar va kontent yaratuvchilar bilan birgalikda bu qonunni sudda nizolashdi. Ularning aytishicha, milliy xavfsizlikka oid xavotirlar noaniq va taxminiy ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, bu taqiq AQSh Konstitusiyasining so‘z erkinligini kafolatlovchi birinchi tuzatishini buzadi.

Kiritildi: 22:02 17.01.2025. O'qildi: 1300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!