Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Olimpiada mash’alasini dunyodagi eng keksa odam ko‘taradi

Olimpiada mash’alasini dunyodagi eng keksa odam ko‘taradi

Jahonning eng qariya insoni may oyida 118 yoshida Olimpiya mash’alasini ko‘tarib yurishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Saratondan ikki bor davo topgan, ikki global pandemiyani boshdan kechirgan va «gazli ichimliklar oshig‘i» Kane Tanaka ona yurti Fukuoka prefekturasidagi Shime shahrida mash’alani ko‘tarib yuradi.

Tanakaning oilasi uni 100 metrgacha nogironlar aravachasida olib borishadi va onaxon mash’alani navbatdagi insonga uzatish uchun bir necha qadam tashlaydi.

CNN Tanaka bilan suhbatlashdi. Onaxon tadbir uchun yanvarda qizidan tug‘ilgan kuni uchun olgan krossovkalarini tayyorlab qo‘ygan.

«Buvim shu yoshga yetgani va hanuz faol turmush tarziga intilishi ajoyib. Biz boshqalar uni ko‘rib ilhomlanishini, yosh qandaydir to‘siq emasligini tushunishlarini istaymiz», deydi uning 60 yashar nabirasi Yeiji Tanaka.

Olimpiada mash’alasini ko‘tarib yurish bo‘yicha avvalgi rekordlar braziliyalik Aida Gemank (Rio-2016 olimpiadasida, 106 yosh) va stol tennisi ustasi rossiyalik Aleksandr Kaptarenkoga (Sochi-2014 Olimpiadasi, 101 yosh) tegishli edi.

Kiritildi: 18:45 05.03.2021. O'qildi: 2358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!