Boks bo‘yicha jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham Olimpiya o‘yinlaridagi debyut jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Misrlik Omar Elavadiga qarshi ringga ko‘tarilgan yurtdoshimiz o‘zining kuchli va aniq zarbalari qarshisida raqibini ojiz qoldirdi.
Endi u 3-avgust kuni Makan Traore (Fransiya) va Nikolai Terteryan (Norvegiya) juftligi g‘olibi bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.