Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Olimpiada-2024. AQSh medallar qo‘lga kiritish bo‘yicha yaqqol peshqadam

A A A
Olimpiada-2024. AQSh medallar qo‘lga kiritish bo‘yicha yaqqol peshqadam

Yozgi Olimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kungi musobaqalari sarhisobiga ko‘ra, AQSh jamoasi 21 ta oltin, 30 ta kumush, 28 ta bronza, jami 79 ta medal bilan 200 dan ziyod milliy jamoalar orasida 1-o‘rinni egallab turibdi.

Okean orti jamoasini ta’qib etayotgan Xitoy olimpiyachilari 21 ta oltin, 18 ta kumush, 14 ta bronza, jami 53 ta medal bilan 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, 3-o‘rindan joy olgan Fransiya olimpiyachilari 13 ta oltin, 16 ta kumush va 19 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan. Mezbonlar bilan bir xil 13 ta oltin medalga sazovor bo‘lgan Avstraliya olimpiyachilari ham kuchlilar qatoridan o‘rin olishga intilmoqda.

Olimpiada-2024. AQSh medallar qo‘lga kiritish bo‘yicha yaqqol peshqadam

Olimpiya o‘yinlarining sovrinli o‘rinlariga ega bo‘lgan mamlakatlar soni hozircha 73 ta.

Kiritildi: 11:00 06.08.2024. O'qildi: 1956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!