Yozgi Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletika bahslari ham bo‘lib o‘tdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev o‘z sovrinlari orasiga Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medalini ham qo‘shib qo‘ydi. -102 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 185 kg, siltab ko‘tarishda 219 va umumiy hisobda 404 kg bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Xitoylik Liu Huan 406 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bronza neytral maqomida qatnashgan Yevgeniy Tixonsovga (402) nasib etdi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegasiyasining Parijdagi medallari 9 taga yetdi — 5 oltin, 1 kumush va 3 bronza.