Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olimlar "Xavfli kasalliklar va qon guruhlari bir-biriga bog‘liq"

Olimlar "Xavfli kasalliklar va qon guruhlari bir-biriga bog‘liq"

Ayrim kasalliklarga moyillik qon guruhiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday xulosaga shved olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot yakunida kelindi.

Tadqiqot natijalari haqida batafsil "eLife" ilmiy jurnalida material chop etilgan.

Tadqiqotchilar besh million bemorning tibbiy ma’lumotlarini o‘rganib chiqishgan. Natijada ular ma’lum qon guruhlaridagi odamlarda ko‘p uchraydigan 49 ta kasallikni aniqlashgan.

Olimlar ikkinchi qon guruhi bo‘lgan odamlar ko‘pincha qon quyuqlashishi — trombozdan, birinchisi esa qonning ivishi kasalligidan azob chekishini aniqlaganlar. Shu bilan birga, birinchi qon guruhi va ijobiy rezus-omiliga ega bo‘lgan ayollar homiladorlik paytida ko‘pincha gipertoniya bilan og‘riganligi ma’lum bo‘lgan.

Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, uchinchi qon guruhi uning egasida buyrak toshlari paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Mualliflar olingan natijalarni ilmiy asoslash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerakligini ta’kidlashgan.

Kiritildi: 17:54 03.05.2021. O'qildi: 3292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!