Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi

Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi

Vashington universiteti Tibbiyot maktabi olimlari qahva ichaklardagi potensial foydali L. asaccharolyticus bakteriyalari sonining oshirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature Microbiology jurnalida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, tadqiqotda dunyoning turli davlatlaridan 77 mingga yaqin odam ishtirok etgan. Birinchi bosqichda ko‘ngillilardan o‘zlarining rasioni to‘g‘risida ma’lumot berish so‘ralgan. Tadqiqotchilarni asosan ularning qahva ichish odatlari qiziqtirgan. Shundan keyin olimlar ko‘ngillilardan ichak mikrobiotasi tarkibini aniqlash uchun axlat namunalari topshirishlarini so‘ragan.

Olimlar qahvaxo‘rlar va qahva ichmaydiganlarning ichak mikrobiomalari ma’lumotlarini taqqoslab, sezilarli farqni aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, muntazam ravishda qahva ichadigan insonlarda L. asaccharolyticus turidagi bakteriyalar darajasi qahva ichmaydiganlarnikidan sakkiz barobarga ko‘p. Tadqiqot ishtirokchilarining yashash joyidan qat’iy nazar shu kabi ko‘rsatkich qayd etilgan.

Ayni vaqtda olimlarga L. asaccharolyticus darajasi qanday qilib oshib ketishi va u inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini noma’lum. «Shunga qaramay, ularning taxminicha, mazkur fenomen qahvaning organizmga ijobiy ta’sirini bildiradi», — deyiladi tadqiqotda.

Kiritildi: Bugun 08:33. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!