Bugun 30 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Olimlar odamlarni kambag‘allikka mahkum qiladigan odatni aniqlashdi

Olimlar odamlarni kambag‘allikka mahkum qiladigan odatni aniqlashdi

Ish boshlanishiga yaqin vaqtda uyg‘onish odati odamni kambag‘allikka olib kelishi mumkin, deb xulosa qilishdi olimlar. Tadqiqotlarga ko‘ra, muvaffaqiyatli insonlar o‘z kunini ish vaqtidan ancha oldin boshlaydi.

Masalan, amerikalik tadbirkorlar Bill Geyts va Mark Sukerberg jismoniy mashqlar, o‘z-o‘zini rivojlantirish va shaxsiy ishlariga vaqt ajratishadi.

Ishdan ancha oldin uyg‘onish nafaqat ko‘nikmalarni yaxshilashga yordam beradi, balki butun kun davomida yuqori energiya saqlab turishga ham zamin yaratadi, deya ta’kidlaydi mutaxassislar.

Ishga yaqin uyg‘onish esa insonni kunni tinch boshlash imkonidan mahrum qiladi. Bu esa stress va ish samaradorligining pasayishi xavfiga olib keladi.

Ertalabki tartibning yo‘qligi tufayli inson o‘z-o‘zini rivojlantirish va kunni rejalashtirishga ulgurmaydi. Bunday holat uzoq muddatda moliyaviy qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.

Bu odatni qanday o‘zgartirish mumkin? Mutaxassislar ertalabki rituallarni qayta ko‘rib chiqish va erta uyg‘onishni taklif qilishadi.

Shuningdek, ushbu vaqtni shaxsiy va kasbiy rivojlanishga hissa qo‘shadigan mashg‘ulotlarga sarflash tavsiya etiladi. Masalan, kitob o‘qish, jismoniy mashqlar yoki kunlik rejalarni yozish bilan shug‘ullanish mumkin.

Kiritildi: 22:15 05.09.2024. O'qildi: 25266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!