Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Olimlar koinotdan kelgan sirli radiosignalni aniqlashdi

A A A
Olimlar koinotdan kelgan sirli radiosignalni aniqlashdi

Britaniyaning Manchester universiteti olimlari Qurbonlik yulduzlar turkumida o‘zining yorug‘ligini uch hafta davomida to‘satdan o‘zgartirgan radionurlanish manbasini aniqladi, deya xabar beradi Science Alert.

Kuzatuvlar Janubiy Afrikada MeerKAT radioteleskopi yordamida olib borildi. Nurlanish manbasi Yerdan 1,8 ming yorug‘lik yili uzoqlikda va Quyoshdan 2,5 marotaba kattaroq bo‘lgan TYC 8332-2529-1 yulduzi joylashgan manzilga to‘g‘ri keldi.

Uning yorug‘ligi 21 kun davomida o‘zgarib turgan. Mazkur holat mexanizmi hozircha izohsiz qolmoqda.

Olimlar binar tizimi raionurlanishlarning yangi turkumiga kirishini bildirmoqda. Mazkur yulduz esa neytron yulduzi yoki qora tuynuk bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 06:29 03.12.2019. O'qildi: 3110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!