Olimlar 1-tur qandli diabetni yengishdi — so‘nggi 100 yildagi eng katta yutuq.
Vertex Pharmaceuticals tadqiqotchilari VX-880 deb nomlangan hujayraviy davolash usulini ishlab chiqishdi. Bu terapiya inson tanasining insulin ishlab chiqarish qobiliyatini to‘liq tiklaydi. Yillar davomida har kuni kasallik bilan kurashib yashab kelgan bemorlar endi o‘zlarini erkin his qilishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu terapiyani olgan ilk bemorlar ikki yildan ortiq vaqt mobaynida insulin qabul qilishga muhtoj emas. Usul 14 ta holatning 10 tasida samarali natija bergan.