Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Oktyabr oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Oktyabr oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Oktyabr oyining dastlabki 5 kunida butun O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, deb yozmoqda «O‘zgidromet». Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Qayd etilishicha, oktyabr oyi ham harorat rejimi, ham yog‘inlar miqdori bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda, biroq ayrim joylarda yog‘ingarchilik me’yordan ortiq bo‘lishi mumkin.

Iqlimiy me’yorlarga ko‘ra, oktyabrda O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida 3 dan 5 gacha, qolgan hududlarda 5 dan 7 gacha yog‘ingarchilikli kunlar bo‘ladi. Yog‘inlar asosan yomg‘ir ko‘rinishida, harorat keskin soviganda yomg‘irning qorga qisqa muddatli aylanishi ehtimoli bor. Toshkentda so‘nggi marta 2018 yilda yomg‘irning qorga aylanishi qayd etilgan.

O‘rtacha ko‘p yillik tungi harorat 6-11 daraja iliqni tashkil qilsa-da, biroq ko‘pincha oktyabrda, ayniqsa, uning ikkinchi yarmida ilk kuzgi ayoz kuzatiladi.

Oktyabrda kunduzgi harorat 23-28 darajadan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Biroq, sinoptiklarning ta’kidlashicha, tabiat «o‘zini ko‘rsatadi» va ba’zan amaldagi harorat va yog‘inlar miqdori ko‘p yillik davr uchun o‘rtachalashtirilgan qiymatlardan ancha farq qilishi mumkin.

Toshkentda, masalan, meteorologik kuzatuvlarning yuz yillik tarixida ayrim yillarda oktyabrdagi eng yuqori harorat 33-36 daraja issiqni tashkil qilgani qayd etilgan. Oktyabr haroratining absolyut maksimumi 37,5 daraja bo‘lib, bu rekord 1941 yilga tegishlidir.

Toshkent uchun oktyabr oyidagi eng past harorat 11,2 daraja sovuqni tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich ancha oldin — o‘tgan asrning boshida qayd etilgan. Oxirgi 20 yil ichida Toshkentdagi minimal harorat 1-2 daraja sovuqdan past bo‘lmagan.

2015 yil oktyabrida poytaxtimizda eng ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lgani qayd etilgan. O‘shanda yog‘gan yog‘inlar miqdori oktyabr oyi me’yoridan 3,5 marta ko‘p bo‘lgan. 2002 yil oktyabrida esa Toshkentda umuman yog‘ingarchilik kuzatilmagan.

Kiritildi: 07:35 01.10.2020. O'qildi: 7472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!