Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Oksford lug‘ati yil so‘zini e’lon qildi

A A A
Oksford lug‘ati yil so‘zini e’lon qildi

Ingliz tilining nufuzli lug‘atini chop etuvchi Oxford University Press nashriga ko‘ra, 2023 yilda eng mashhur so‘z “joziba, xarizma” degan ma’noni anglatuvchi “rizz” so‘zi bo‘ldi.

Olimlarning fikricha, 2023 yil shaxsiy va professional piar davri bo‘ldi. Bu juda ko‘p xarizma yoki qisqacha “rizz”ni talab qildi.

Bu atama uslub va joziba orqali boshqalarni jalb qilish qobiliyatini anglatadi. Bu so‘z charisma (“xarizma”) so‘zidan kelib chiqqan va g‘ayrioddiy so‘z yasash sxemasining namunasidir.

Bu yil so‘zdan foydalanish ko‘paydi va iyun oyida eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Britaniyalik aktyor Tom Xollanddan uning xarizmasi haqida so‘rashganda: “Menda umuman rizz yo‘q, mening rizzim cheklangan”, — deya javob berdi.

Kiritildi: 21:03 04.12.2023. O'qildi: 1396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!