Tabiiy resurslar zaxirasining muttasil ravishda qisqarishi, global ekologik muammolarning keskinlashuvi sharoitida ekspertlar vaziyatni o‘nglash uchun jahon iqtisodiyotida “yashil taraqqiyot” tamoyillarini joriy etish zarurligini ta’kidlamoqda.
Shu kunga qadar “Olmaliq KMK” AJning 98 ta ishlab chiqarish va ijtimoiy soha ob’ektlarida umumiy quvvati 9 041 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak kombinatning 85 ta ob’ektlarida 8 649 kVt, OKMKning homiyligidagi 13 ta ob’ektlarda 392 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi. (https://t.me/ao_agmk/30749)