Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Oila qonunchiligi borasidagi huquqiy bilimlar mustahkamlandi

Oila qonunchiligi borasidagi huquqiy bilimlar mustahkamlandi

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Oila qonunchiligi borasidagi huquqiy bilimlar mustahkamlandiOila qonunchiligi borasidagi huquqiy bilimlar mustahkamlandi

Toshkent shahar sudi sudyalari tomonidan fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, bilimini oshirish va ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida muntazam ravishda uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazib kelinadi. Shunday uchrashuvlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tdi.

“Islomshunoslik” fakulteti talabalari uchun “Shariat va qonunchilik” mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi rais o‘rinbosari Rustam Norxo‘jayev, sudya Zulfiya Berdimuratova tomonidan jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, oila qonunchiligi va ayniqsa sha’riy nikohdan o‘tish bilan chegaralanishning huquqiy oqibatlari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Jamiyatda oilaning tutgan o‘rni va roli, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilgan muhim islohotlar, oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, Oila kodeksida belgilangan huquq va majburiyatlar xususida tushunchalar olgan talabalar sudyalarning ish faoliyatida sodir bo‘lgan hayotiy misollari orqali mavzuni yanada aniqroq anglashdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar ham olishdi.

Kiritildi: 00:29 10.11.2021. O'qildi: 2502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!