Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.M. fuqaro M.G.ga xorijda ishlab chiqarilgan 530 dona elektron tamaki mahsulotini 5 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:14 24.05.2025. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!