Pensilvaniya universiteti tibbiyot maktabi xodimlari og‘ir jarohatlardan ham qon ketishini to‘xtatuvchi faol ko‘pikni ishlab chiqishga AQSh mudofaa vazirligidan 3 yillik shartnoma olishdi. Olimlar 1,4 mln dollarga nafaqat ushbu vositaning prototipini, balki qon oqishini to‘xtatuvchi va jarohatni zararsizlantiruvchi tarkibni yaratishadi.
Bir yil avval shunga o‘xshash vositani avstraliyalik olimlar taqddim qilishgandi. Ular operasiyalardan keyin yaralar va jarohatlarni tikish o‘rniga kesik joylarni oqsilli yelim-germetik bilan to‘ldirishni taklif qilishgan.
Manba: kun. uz