Keyingi paytlarda turli mobil qurilmalarda ham, ilovalarda ham tungi rejim to‘qrang interfeys joriy etilmoqda. O‘zbekistonda ommalashgan Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i ham ushbu trendga qo‘shildi.
Odnoklassniki foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqning mobil versiyasida hamda Android da ishlovchi OK ilovasida qoramtir mavzu qo‘yish imkoniyatini ochib berdi. Yaqin kunlarda qoramtir mavzu iOS da ham joriy etiladi.
Tungi rejim dan ko‘zni himoyalash uchun qorong‘i xonalarda hamda kunning qorong‘i vaqtida foydalanish qulay. Qoramtir mavzuni ijtimoiy tarmoqning mobil versiyasida va ilovada profil sozlamalari orqali o‘rnatish mumkin.
Manba: terabayt.uz