Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

«Odin doma» yoki Kumush Otabekning ikkinchi xotinimi?

A A A
«Odin doma» yoki Kumush Otabekning ikkinchi xotinimi?

Qay bir kuni avtobusda ketayotib, ikki yosh yigitning suhbati e’tiborimni tortdi. Nimalarnidir tortishishyapti. Diqqat bilan tinglasam, «O‘tkan kunlar» filmini muhokama qilishyapti! Xursand bo‘ldim. Ammo... ko‘p o‘tmay xursandchiligim «moziyga qaytib» ke-e-etdi. Nima emish, «...o‘rtoq, bilasanmi, Otabekning ikkinchi xotini bor-u, Kumush, o‘sha Marg‘ilondan ekan...»

«O‘tkan kunlar» o‘z nomi bilan o‘tgan kunlarimizdan, tariximizning «eng kir» davrlaridan hikoya qiladi. O‘zbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi masalasi hayot-mamot ahamiyatiga ega bo‘lgan kunlardan gapiradi. Qodiriy Vatan va Millat taqdiri ustida astoydil qayg‘uradi, najot qidiradi. Shu romani orqali xalqning milliy ongini uyg‘otmoqchi bo‘ladi, xalqqa saboq bermoqchi bo‘ladi, xalqni ogohlantirmoqchi bo‘ladi. Bugun esa...

Bugun esa ayrim yoshlarimizning kitobdan yoki filmdan olgan taassurotlaridan achiniblar ketasan: Kumush Otabekning ikkinchi (?!) xotini emish, Marg‘ilondanmish, shuning uchun xotini Zaynab Toshkentdanmish, kundoshmish...

Eh, Abdulla bobo, yaxshiyam, bu bahsni siz eshitmaysiz. Men esa kuyuna-kuyuna bekatda tushib qoldim. Avtobusdan tushayotib o‘sha ikki yigitning oxirgi suhbatini yana qulog‘imga chalindi:

– «O‘tkan kunlar» zo‘r kino-de, baribir.

– Balkim, lekin menga «Odin doma» yoqadi...

Bernora SADIKOVA.

«Postda.uz»

Kiritildi: 11:41 01.01.2020. O'qildi: 9200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!