Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

Qonun (O‘RQ-1065-son, 19.05.2025 y.) bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.

🔰 Qonun bilan Jinoyat kodeksi 135-moddasiga odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

✔️ Unga ko‘ra, odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda sodir etganlik:

➖ 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

📌 Ilgari mazkur jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

✅ Shuningdek, ushbu jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa:

➖ 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutildi.

📌 Ilgari mazkur jinoyat uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

📍 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 13:40 20.05.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!