Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Odam qachon abadiy yashay boshlaydi?

A A A
Odam qachon abadiy yashay boshlaydi?

Olimlar odamzod Xudoning qudrati bilan qachondan boshlab abadiy yashashi mumkinligini e’tirof etishdi.

Xorvard universiteti professori Jorj Cherch ayni paytda olib borilayotgan yangi-yangi tadqiqotlar bir kun kelib, albatta, samara berishini, o‘shandan boshlab insoniyat o‘limni chetga sura olishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Olimning aytishicha, inson organizmidagi irslar to‘liq dasturlab chiqilsa bas, o‘lim, albatta, ortga chekinishga majbur bo‘ladi.

— Bu kunlarga yetishimizga ko‘p vaqt qolmadi, — dedi olim. — Atigi 10 yil qoldi. Shu muddat ichida biz organizmdagi nokerak irslarni yo‘q qilamiz. Qolganlarini shunday dasturlaymiz, shunday ajoyib to‘qimalar yaratamizki, odam organizmi manaman degan xavfli virusga ham, o‘lim keltiruvchi xastaliklarga ham, issiq, sovuq, keksalikka ham mardona kurasha oladigan bo‘ladi. Buning uchun irslarga tegishli har bir oqsilni alohida dasturlashimiz, ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishimiz lozim bo‘ladi.

“Lenta.ru”

Kiritildi: 05:20 12.05.2018. O'qildi: 1422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik